
Sophie Cunningham: Parketdan tashqaridagi g‘alabalari
WNBA mavsumida parketda unvonlar, rekordlar, statistikalar bo‘linib ketdi. Lekin parketdan tashqarida bitta ism boshqalardan keskin ajralib chiqdi. Bu – erkin agent bo‘lgan guard Sophie Cunningham.
Indiana Fever atrofidagi shov-shuv, ijtimoiy-siyosiy masalalardagi keskin pozitsiyasi va sahihcha gapiradigan uslubi Cunningham’ni birdaniga sahnaning markaziga olib chiqdi. Uning auditoriyasi keskin kengaydi: ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni portlab o‘sdi, ayniqsa Instagram’da u 3 milliondan ortiq yangi kuzatuvchi qo‘shib, birdaniga global pop-madaniyat yuzlaridan biriga aylandi.
Shu fon yetarlicha katta ko‘ringan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy zarba hali oldinda edi.
Kutilmagan burilish: Maxim taklifi
Oy boshida Cunningham butunlay boshqa rakursda paydo bo‘ldi – Maxim jurnalining muqova suratida. Suratga tushish kampaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda tarqaldi, ammo uning ortida deyarli ro‘y bermay qolgan voqea yotganini ko‘pchilik bilmaydi.
O‘zining “No Hesitation” podkastida u hammaga tan oldi: bu suratga olish deyarli bekor bo‘lib ketayotgan edi. Sabab oddiy – u Maxim qanday kontent chiqarishini bilmasdi va brendni o‘z qadriyatlari bilan mutlaqo mos kelmaydi, deb o‘ylagan.
Cunninghamning aytishicha, Maxim jamoasi u bilan bog‘langach, u darhol bu taklifni agentlariga yuborgan. Javob esa keskin bo‘lgan:
“Dastlab, ‘mutlaqo yo‘q’ deyishdi. ‘Nima qilyapsan o‘zi?’ deyishdi. Ular Maxim rebrendingan bexabar edi,” – deya eslaydi Cunningham.
Agentlar hali ham eski Maxim’ni tasavvur qilgan – asosan erkaklar auditoriyasiga qaratilgan, stereotipik “erkaklar jurnali” sifatida. Cunningham esa o‘sha tasavvur bilan sahnaga chiqishni o‘ylab ham ko‘rmaganini aytadi. Shuning uchun u ham avvaliga bu fikrni jiddiy qabul qilmagan.
Ammo brend o‘zgargani, format yangilangani ma’lum bo‘lgach, hammasi boshqacha tus oldi. Suratga olish Indiana, Indyda tashkil etildi. Cunningham bu kunni “mutlaqo ajoyib” deb ta’riflaydi. U nafaqat yangi auditoriyaga chiqdi, balki o‘zini butunlay boshqa obrazda ko‘rsatdi.
Va albatta, bir detal alohida e’tiborni tortdi: teridan tikilgan shimlar. Cunninghamning o‘zi aytganidek, ularning taxminiy narxi 27 ming dollar atrofida bo‘lgan. Ularni kiyish uchun to‘rt kishi yordam bergani esa butun jarayonni yanada dramatik ko‘rsatdi. Bu tafsilot ijtimoiy tarmoqlarda alohida memga aylandi.
Siyosat, backlash va brend qurilishi
Cunninghamning mashhurligi faqat moda yoki glamur bilan bog‘liq emas. U ijtimoiy va siyosiy mavzulardagi keskin chiqishlari bilan ham ko‘p bora bahs markaziga tushdi. Ayniqsa, FOX News’dagi segmentlaridan biri “aqldan ozgan” deb baholangan, keng muhokama va jiddiy backlash keltirib chiqargan.
Bunday fon ko‘pchilik sportchilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Lekin Cunningham bu to‘lqinni o‘z foydasiga ishlatishni uddaladi. Maxim muqovasi esa aynan shunday lahzalardan biri bo‘ldi: bahsli, lekin strategik.
27 ming dollarlik shimlar, yuqori darajadagi suratga olish guruhi, global auditoriya – bularning barchasi uning nomini yana kun tartibining eng yuqori qatoriga olib chiqdi. Ayniqsa erkin agent maqomida bo‘lgan paytda bunday e’tibor sportchining bozor qiymatini ham, brend salmog‘ini ham oshiradi.
Bond girl sari yo‘l
Maxim muqovasi yakun emasdi. U start edi.
Cunningham ayni shu davrda o‘zini navbatdagi Bond girl sifatida ko‘rishni istayotganini ochiq ayta boshladi. Bu endi faqat orzu darajasida qolmadi – u buni kichik, lekin aniq kampaniyaga aylantirdi. Maxim’dagi obraz, Bond uslubidagi chiqishlar, Las Vegas’dagi F1 Grand Prix uchun tanlangan Bond girl’dan ilhomlangan libos – bularning hammasi bitta yo‘nalishga xizmat qildi: o‘zini global kino va pop-madaniyat sahnasiga olib chiqish.
U basketbolchi bo‘lishdan tashqari, brendga aylanish yo‘lini tanlayapti. Parketda raqiblarni pressing ostiga olganidek, ommaviy axborot vositalarida ham o‘ziga kerakli zonani egallab boryapti.
Savol endi boshqacha: Sophie Cunningham keyingi qadamni qayerga tashlaydi? Bond franchayzingami, yana bir katta moda uyimi yoki WNBA’da yangi shartnomami?
Hozircha bitta narsa aniq – u parketdan tashqarida ham raqobatni qizdirishni juda yaxshi o‘rgandi.
