
David Raya haqida Arteta umid eshigini yopmadi
Manchester City bilan yakshanba kungi hal qiluvchi to‘qnashuv arafasida Mikel Arteta darvozabon tanlovida hali nuqta qo‘ymadi. David Raya jarohatiga qaramay, asosiy o‘yin uchun variantlar ro‘yxatidan chizib tashlanmagan.
Raya yaqinda Newcastle bilan 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda jarohat olgan va shu sabab Borussia Dortmundga qarshi bo‘ladigan Champions League bahsini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. London klubi uchun bu yo‘qotish sezilarli, chunki ispan darvozaboni jamoaning orqa chizig‘ida muhim figura bo‘lib ulgurgan.
Arteta esa xavotirni biroz yumshatdi. Uning aytishicha, dastlabki qo‘rquvlarga zid ravishda, jarohat kutilganidan yengilroq chiqqan. Bu esa Manchester Cityga qarshi o‘yin oldidan “Arsenal” lagerida mayda bo‘lsa-da, ijobiy kayfiyat uyg‘otdi.
Raya ning holati
Murabbiydan Raya yakshanba kungi o‘yinga yetib kelishi mumkinmi, deb so‘rashganda, u qisqa javob bilan kifoyalandi: yakuniy hukm bir necha kun ichida chiqadi. Arteta “ehtimol ertaga kechqurun yoki undan keyingi kuni aniqroq gapira olaman”, deya muddatni cho‘zdi, ammo darhol javob kutgan jurnalistlar bosimini ham hazil bilan yumshatdi: “Hohlasez, hozir sizga yolg‘on gapirib bera olaman”, dedi u kulib.
Shu bilan birga, bu hazil ortida katta o‘yin oldidan murabbiy boshini band qilayotgan haqiqiy boshqotirma yotibdi. Raya maydonga qaytadimi yoki yo‘qmi – Arteta qarori Manchester Cityga qarshi taktik reja markazida turibdi. Aynan shu savolga javob, yakshanba kuni “Arsenal” darvozasi ostida kim paydo bo‘lishini hal qiladi.
